Pdf

Kalit so‘zlar

tilanchilik, tilanchilikni tashkil qilish, dekriminalizatsiya, jinoiy javobgarlik, Jinoyat kodeksi, latentlik, kiber tilanchilik, xorijiy tajriba, uyushgan jinoyatchilik, ijtimoiy xavf, profilaktika, targ‘ibottashviqot, kiber jinoyatchilik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, jinoiy siyosat.

Как цитировать

OTAJONOV, A. (2025). TILANCHILIKKA QARSHI KURASHISHDA JINOIY JAVOBGARLIKNI DEKRIMINALIZATSIYA QILISH VA TASHKIL QILISH UCHUN JAZO CHORALARINI KUCHAYTIRISH MUAMMOLARI. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 8(6), 120–127. Retrieved from https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1168

Abstrakt

Maqola tilanchilik fenomenining o‘ziga xos jihatlarini va unga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish muammolarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Ma’lum bo‘ldiki, tilanchilik aksariyat davlatlarga xos tarixiy-ijtimoiy hodisa bo‘lib, hozirgi sharoitda latentlik darajasi yuqoriligi va “kiber tilanchilik” kabi yangi ko‘rinishlarning paydo bo‘lishi bilan jamiyat uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127¹-moddasi bu borada muhim qadam bo‘lsa-da, statistik ma’lumotlar va amaliy kuzatuvlar bu qilmishning keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Qiyosiy-huquqiy tahlil Daniya, Germaniya, Italiya va BAA kabi xorijiy mamlakatlarning tilanchilikka qarshi kurash borasidagi tajribalarini o‘rganishni nazarda tutdi. Natijada, faol tilanchilikni dekriminalizatsiya qilish va jinoiy javobgarlikni faqat tilanchilikni tashkil qilishga yo‘naltirish, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot choralarini kuchaytirish taklif qilindi. Taklif etilgan yangi tahrirdagi 127¹-modda jinoyiyhuquqiy ta’sir choralarini faqat og‘irlashgan holatlarda tilanchilikni tashkil etuvchilarga qo‘llashni ko‘zda tutadi. Shuningdek, maqolada keltirilgan ilmiy-amaliy xulosalar tilanchilikning ijtimoiy ildizlarini aniqlash, unga qarshi kompleks yondashuvni shakllantirish, kiber makondagi noqonuniy xatti-harakatlarni erta aniqlash va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Muallif tomonidan ilgari surilgan takliflar O‘zbekistonda tilanchilikka qarshi kurashishda jinoiy-huquqiy siyosatni qayta ko‘rib chiqish, resurslarni samarali taqsimlash va profilaktik choralarning ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy tadqiqot tilanchilikning ijtimoiy xavfini kamaytirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda davlat-jam’iyat hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan.

Pdf

Библиографические ссылки

Salayev N.S. Tilanchilik uchun qanday jazo belgilangan? // URL: https://yuz.uz/news/tilanchilik-uchun-qandayjazo-belgilangan-

Kumysheva M.K., Shigalugova M.Kh. Criminal responsibility for the involvement of minors in the performance of anti-public action. Sociopolitical Sciences. 2020. Vol. X. No. 2. Pp. 143-146. (In Russ.) DOI: 10.33693/2223-00922020-10-2-143-146

Шайхрамова, Р. С. Краудфандинг как инновационная финансовая инфраструктура / Р. С. Шайхрамова, Э. В. Бусел // Экономическое развитие в XXI веке: тенденции, вызовы, перспективы: сборник научных трудов VII Международной научно-практической конференции студентов, аспирантов и молодых ученых / сост.: Е. В. Бурденко, О. В. Газизова, А. В. Кузнецов; Минобрнауки России, Казанский национальный исследовательский технологический университет. — Казанский нац. иссл. технолог. ун-т: Казань, 2019. — С. 260-262.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun. O‘RQ-514-son, 09.01.2019-y. // URL: https://lex.uz/docs/-4149417

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi ma’lumotlari.

Теохаров, А. К. Киберпопрошайничество // Виктимология. — 2020. — № 1 (23). —С. 58-65. // URL: https:// cyberleninka.ru/article/n/kiberpoproshaynichestvo

Теохаров А.К. Зарубежный опыт борьбы с попрошайничеством. Филосовая право. – 2020. – № 4 (95). – С. 65-71. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zarubezhnyy-opyt-borby-s-poproshaynichestvom

Подавшего милостыню француза оштрафовали. URL: https://rg.ru/2019/11/24/vo-francii-oshtrafovalipodavshego-milostyniu-muzhchinu.html.

Итальянские города вступают в борьбу с попрошайками. URL: https://newdaynews.ru/ italy/560958.html.

Ulf Melgaard, Peter Vedel Kessing, A New Chapter in the Danish Criminal Code on International Crimes, Journal of International Criminal Justice, 2025; mqaf053. URL: https://doi.org/10.1093/jicj/mqaf053

В Швеции объявили войну попрошайкам на улицах. URL: https://aftershock.news/ ?q=node/712437&full.

In Riga, less often fined for begging. URL: https://rus.lsm.lv/statja/novosti/ samoupravlenija/

Islomda tilanchilik yo‘q. Islom.uz. URL: https://islom.uz/maqola/5261

Кайжакпарова А.Б. К Вопросу о повышении эффективности законодательства Республики Казахстан в области профилактики правонарушений. Вестник Института законодательства и правовой информации Республики Казахстан. – 2022. – № 1 (68).– С. 94-101. // URL: https://cyberleninka.ru/article/n/k-voprosu-opovyshenii-effektivnosti-zakonodatelstva-respubliki-kazahstan-v-oblasti-profilaktiki-pravonarusheniy/viewer

Moldova Respublikasining 2002-yil 18 apreldagi Jinoyat kodeksi. № 985-XV (10.07.2025-yilgacha bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalari bilan). URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30394923&pos=514;-30#pos=514;-30

Safarova D.B. Tilanchilik huquqbuzarligini oldini olish bo‘yicha ayrim mulohazalar. Academic research in modern science 2, – № 20 (2023): –Б.75-78. URL: https://doi.org/10.5281/zenodo.8254054.

Mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan o‘quv-amaliy qo‘llanma. Mualliflar jamoasi. – Toshkent. “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, 2023-yil. – 384 b.

Tursunov A., Rasulev A. Huquqbuzarliklar profilaktikasi: islohot, natija va istiqbol // Huquq va burch. – 2020. – №8. –Б. 46-49.