YURIST AXBOROTNOMASI

“Yurist axborotnomasi – Вестник юриста – Lawyer herald” jurnalining 2026-yil 1-soni nashr etildi.

Mazkur sonda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Respublikamizning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va amaliyotchi huquqshunoslarining ilmiy maqolalari e’lon qilingan.

Jurnal sahifalarida yuridik fanlar sohasidagi dolzarb masalalar, qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlari hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga oid ilmiy-tahliliy tadqiqotlar yoritilgan.

Mualliflarni jurnalning yangi soni nashr etilgani bilan tabriklaymiz hamda ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

To'liq son
Pdf