Abstrakt
Ushbu maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari, ularni uzaytirish hamda qisqartirish tartibi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik masalalariga doir korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish xususida so‘z borgan. Murojaatlarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqish holati bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ilgari surilgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi istiqbolda ko‘zda tutilgan vazifalar yoritilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammoli holatlar qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Nazariyotchi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari va bir qator xorijiy davlatlarning murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatiga oid tajribasi o‘rganilgan, milliy qonunchiligimiz bilan qiyosiy tahlil qilingan hamda takliflar ilgari surilgan. Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish asoslarini aniq va qat’iy belgilashning afzalliklari, shuningdek, amaliyotda ham turfa xil talqin etishga, turlicha qarashga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan tushunchalarning mazmun-mohiyati esa qonun darajasida aniq belgilanishing joizligi taklif etilgan. “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni rad etish tartibiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligidagi 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishidan // URL: https://president.uz/oz/lists/view/9010.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-sonli “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni // URL: https://www.lex.uz/uz/docs/-8050769.
Любимова А.П. Гражданский лоббизм: процедуры и технологии обращения граждан. – М., 1998.; Дворак А.А. Реализация конституционного права граждан на обращения в Российской Федерации: Дисс… канд. юрид. наук. – М., 2004.
Хрумалова Ю.В. Право граждан на обращение в органы государственной власти как форма обратной связи между населением и государственным аппаратом. // Гражданское общество в эпоху глобальной информатизации: докл. и матер. III Международной молодежн. науч. конф. – М., 2011. – С. 284.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 31-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash” Uslubiyoti // https://lex.uz/docs/-6178891.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni // URL: https://lex.uz/docs/-3336169.
Complaints overview // URL: https://www.texasattorneygeneral.gov/opengovernment/governmental-bodies/complaints-overview.
Complaints and appeals: detailed information//URL: https://www.gov.uk/topic/dealing-with-hmrc/complaints-appeals.
Complaining to an ombudsman // URL: https://www.citizensadvice.org.uk/consumer/get-more-help/how-to-use-an-ombudsman-in-england/.
On the procedure for consideration of appeals by citizens of the Russian Federation // URL: https://www.wto.org/english/thewto_e/acc_e/rus_e/wtaccrus48a8_leg_3.pdf .
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-son qarori // URL: https://lex.uz/docs/-3730228.