Abstrakt
Ushbu maqola sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari jadal rivojlanishi jarayonida sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy maʼlumotlardan foydalanishning huquqiy va etik asoslarini tahlil qiladi. Maqolada SI texnologiyalarining tibbiyot sohasiga kirib kelishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi huquqiy munosabatlar, maʼlumotlar xavfsizligi va inson huquqlariga taʼsiri chuqur o‘rganilgan. Sunʼiy intellekt sog‘liqni saqlashda kasalliklarni erta aniqlash, klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash, epidemiologik tahlil va davolash rejasini avtomatlashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Biroq tibbiy maʼlumotlardan keng miqyosda foydalanish shaxsiy hayot daxlsizligi, maʼlumotlarni qayta ishlashning qonuniyligi, bemor roziligi va algoritmik xatoliklar kabi yangi muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Shu sababli maqolada tibbiy axborotlar bilan ishlovchi sunʼiy intellekt tizimlarining huquqiy tartibga solish mexanizmlari, etik tamoyillari va xalqaro tajribasi qiyosiy-huquqiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda xalqaro va milliy meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqining Maʼlumotlarni himoya qilish umumiy reglamenti (GDPR), AQShning Sog‘liqni saqlash sug‘urtasi va hisobdorligi to‘g‘risidagi qonuni (HIPAA) shuningdek BMT Bosh Assambleyasining “Raqamli asrda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlari tahlil qilinadi.
Muallif tomonidan bemorlarning ongli roziligi, maʼlumotlarning maxfiyligi, algoritmik shaffoflik va diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplari sunʼiy intellekt tizimlari uchun markaziy axloqiy tamoyillar sifatida baholanadi. Maqolada, shuningdek, SI tizimlarida tibbiy maʼlumotlardan foydalanish jarayonida huquqiy javobgarlikni aniqlash, axborot xavfsizligini taʼminlash, shifokor va dasturchilarning masʼuliyati, algoritmik audit tizimlarini joriy etish masalalari yoritilgan.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (Yangi tahrirda). T., 2023 https://lex.uz/docs/-6445145
Naomi Colvin. “Whistle-Blowing as a Form of Digital Resistance: State Crimes and Crimes Against the State.” State Crime Journal, vol. 7, no. 1, 2018, P. 41.
Carly Nyst. “Secrets and Lies: The Proliferation of State Surveillance Capabilities and the Legislative Secrecy Which Fortifies Them – An Activistʼs Account.” State Crime Journal, vol. 7, no. 1, 2018, P. 19.
Pozen, David E. “Privacy-Privacy Tradeoffs.” The University of Chicago Law Review, vol. 83, no. 1, 2016, P. 225.
Cohen, Julie E. “What privacy is for.” Harvard Law Review, vol. 126, no. 7, 2013, P. 1904.
Prosser, W. L. (1960). Privacy. California Law Review, no. 48, pp. 383-423. http://dx.doi.org/10.2307/3478805
Резолюция, принятая Генеральной Ассамблеей 18 декабря 2013 года 68/167. Право на неприкосновенность личной жизни в цифровой век https://docs.un.org/ru/A/RES/68/167
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt https://lex.uz/docs/-2640479
Директива 95/46/ЕС Европейского парламента и Совета Европейского Союза от 24 октября 1995 года о защите прав частных лиц применительно к обработке персональных данных и о свободном движении таких данных
Izzatullaev B. O‘zbekistonda elektron hukumat // Odil sudlov. – T., 2021. – № 8. – B. 23.
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, 29.08.1996 yildagi 265-I-son https://lex.uz/ru/docs/-26013?ONDATE2=18.05.2022&action=compare
Shermuhammedova A. Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqlarning shakllanishi, tendensiyalari va xususiyatlari // Fuqarolik jamiyati. – T., 2021. – № 2. – B. 25
Shojaei, P.; Vlahu-Gjorgievska, E.; Chow, Y.-W. Security and Privacy of Technologies in Health Information Systems: A Systematic Literature Review. Computers 2024, 13, 41. https://doi.org/10.3390/computers13020041
Warren SD, Brandeis LD. The right to privacy. Harv Law Rev. 1890;4(5):193–22
Yusupova F.- Sog‘liqni saqlash sohasida shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlashning huquqiy jihatlari “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 5-son
Юсупова Ф. - Медицинские услуги в эпоху цифровой трансформации: правовые аспекты телемедицины Том 4 № 4 (2025): Научный журна «Legalitas» https://legalitas.semuniver.kz/index.php/main/article/view/143