Abstrakt
Mazkur maqolada XX asrda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatdagi o‘rni, ularning huquqiy maqomi va ijtimoiy himoya tizimining shakllanish jarayoni tarixiy, huquqiy hamda sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi nogironlik tushunchasining industrial inqilob davridan boshlab BMTning 2006-yilda qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”sigacha bo‘lgan evolyutsiyasini ochib berish, shu bilan birga ushbu jarayondagi asosiy tendensiyalar, ziddiyatlar va islohotlarni aniqlashdan iborat. Asarda yevgenika siyosatining inson qadriga salbiy ta’siri, jahon urushlarining nogironlik muammosini “milliy mas’uliyat” sifatida anglashga olib kelgani, fuqarolik huquqlari harakati ta’sirida teng huquqlilik g‘oyalarining rivojlanishi hamda inklyuziv ta’lim konsepsiyasining ilmiy asoslanishi keng yoritilgan. Muallif nogironlar huquqlarini ta’minlash jarayoni faqat huquqiy bazani yaratish bilan cheklanmay, balki ijtimoiy ongni o‘zgartirish, madaniy stereotiplarni yo‘qotish va davlat siyosatini inson huquqlariga moslashtirishni ham talab etganini ta’kidlaydi. Ilmiy yangilik sifatida, maqolada nogironlar huquqlarining tarixiy shakllanishi zamonaviy inson huquqlari tizimi bilan ilk bor kompleks ravishda bog‘lab tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilish tizimini takomillashtirish uchun nazariy va amaliy asos vazifasini o‘taydi.
Библиографические ссылки
Jabłoński, K., 2024. Forced sterilization in the state of California from 1909 to 1979: A historical and legal analysis.Czasopismo Prawno-Historyczne, 76(1).
Rieger, B., 2004. The war come home: disabled veterans in Britain and Germany, 1914–1939. By Deborah Cohen. Berkeley, Los Angeles, and London: University of California Press, 2001. Pp. xii+ 286. ISBN 0-520-22008-0.£ 35.00. The Historical Journal, 47(1).
Toombs SK. Enforcing Normalcy: Disability, Deafness and the Body. The Hastings Center Report. 1997.
Metzler I. Disability in the Middle Ages: Impairment at the intersection of historical inquiry and disability studies. History compass. 2011.
Kamilov F.O. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni institutsional takomillashtirish // Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent: O‘zMU,
Elliott, T.R. and Leung, P., 2005. Vocational rehabilitation: History and practice. In Handbook of vocational psychology.
Baynton, D.C., 2013. Disability and the justification of inequality in American history. The disability studies reader, 17(33).
Danforth, S., 2021. Independence, dependence, and intellectual disability: From cultural origins to useful application. Philosophical Inquiry in Education, 28(2).
Scotch, R., 2002. From good will to civil rights: transforming federal disability policy. Palaestra, 18(4).
Pruitt, Lisa J. "A Disability History of the United States." (2014).
Lucas, E., 1981. 1981 International Year of Disabled Persons. Australian Occupational Therapy Journal, 28(3).
Можаева, Л.Е., 2018. Формирование международных стандартов в области защиты прав инвалидов. Основные тенденции и перспективы развития современного права.
Degener, T., 2016. Disability in a human rights context. Laws, 5(3).
Silvers, A. and Stein, M.A., 2007. Disability and the social contract.
Ainscow, M., Slee, R. and Best, M., 2019. The Salamanca statement: 25 years on. International Journal of inclusive education, 23(7-8).
Johnson, D. and Longmore, S., 2023. How Healthy Is Democracy: The Role of Healthcare and Social Equity Considerations in the Governance of People. In Rethinking Democracy and Governance.