Abstrakt

Mazkur maqolada bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash sohasidagi milliy qonunchilik hujjatlari atroflicha tahlil qilingan hamda ushbu huquqning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normalarning mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda, bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash masalasiga doir xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan, bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan universal va mintaqaviy xalqaro-huquqiy standartlarda belgilangan qoidalar ham o‘rganilgan. Milliy va xalqaro huquq normalarining o‘zaro uyg‘unligi hamda ularning amaliyotdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada bolaning ta’lim olish huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim dolzarb muammolarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan pedagog xodimlar, xususan tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilari tomonidan sodir etilayotgan jismoniy, ruhiy hamda boshqa shakldagi zo‘ravonlik holatlarining ko‘payib borayotganligi yuzasidan statistik ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Maqolada mazkur muammoni bartaraf etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida xorijiy davlatlar qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilgan. Xorij tajribasini tahlil qilish asosida bolalarning ta’lim olish huquqini yanada samarali ta’minlash, ularni har qanday zo‘ravonlik shakllaridan himoya qilish, shuningdek, pedagog xodimlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga hamda ta’lim muassasalarida xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

Pdf
DOI

Библиографические ссылки

Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida Maktab ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqi. 28.01.2022 yil. Manba: https://www.president.uz/

Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq”. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 1992. – B.14.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-

son. URL.: https://lex.uz/docs/6445145

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni. // Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019-y., 03/19/595/4160-son. URL.: https://lex.uz/ru/docs/-4646908

O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. //Qonun hujjatlari

maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son. URL.: https://lex.uz/uz/docs/-5013007

BMT Bosh Assambleyaning 20.11.1989 yildagi 44/25-son rezolyusiyasi bilan qabul qilingan “Bola huquqlari

to‘g‘risidagi Konvensiya”, 28-modda. Manba: BMT rasmiy sayti- https://childrenandarmedconflict.un.org/tools-foraction/optional-protocol/?utm.

BMT Bosh Asambleyasining 10.12.1948 yildagi 217 A (III)-rezolyusiyasi bilan qabul qilingan “Inson huquqlari

umumjahon Deklaratsiyasi” 26-modda. BMT rasmiy sayti- https://childrenandarmedconflict.un.org/tools-for-action/optional-protocol/?utm

BMT Bosh Assambleyasining 16.12.1966 yildagi 2200 A(XXI)-rezolyusiyasi bilan qabul qilingan va 03.01.1976 yil

kuchga kirgan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”, 13-modda. BMT rasmiy sayti- https://childrenandarmedconflict.un.org/tools-for-action/optional-protocol/?utm

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni. //

Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son. URL.: https://lex.uz/docs/-5049511

BMT Bosh Assambleyasining 2006 yil 13 dekabrdagi 61/106 rezolyusiyasi bilan qabul qilingan va 03.05.2008

yilda kuchga kirgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”. BMT rasmiy sayti- https://

childrenandarmedconflict.un.org/tools-for-action/optional-protocol/?utm

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakilini 19.05.2026 yilda Senat majlisidagi

hisobotidan. Manba: Senatning rasmiy veb-sayti: https://senat.uz/plenary-sessions/post-5054

UNICEF, UNESCO, End Violence Against Children. “School-based Violence Prevention. A Practical Handbook”.

ISBN 978-92-4-151554-2. © World Health Organization 2019.

Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy sayti. Manba: https://www.gov.uk/

Avstraliya Hukumati Ta’lim vazirligi rasmiy sayti. Manba: https://www.education.gov.au/

Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Ontario College of Teachers (OCT) — o‘qituvchilarni litsenziyalash va kasbiy

faoliyatini tartibga soluvchi tashkiloti rasmiy sayti. Manba: https://www.oct.ca/en-ca

Buyuk Britaniyaning GOV.UK rasmiy sayti. Manba: https://www.gov.uk/government/organisations/disclosureand-barring-service/

Germaniya Federal hukumatining rasmiy veb-sayti – Bundesregierung. Manba: https://www.bundesregierung.

de