Abstrakt
Mazkur maqolada Ramsar konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida implementatsiyasi normativ-huquqiy, institutsional hamda qiyosiy-huquqiy yondashuvlar asosida kompleks tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi Konvensiya talablarining milliy huquq tizimiga integratsiyalashuv darajasi va samaradorligini aniqlashdan iborat. Maqola doirasida xalqaro ahamiyatga molik botqoqli hududlarni ro‘yxatga olish, ularning ekologik xarakterini saqlash hamda oqilona foydalanish tamoyilini ta’minlash mexanizmlari tizimli ravishda ko‘rib chiqiladi. Tahlillar natijasida O‘zbekiston Respublikasida mazkur majburiyatlarning normativ asoslari shakllanganligi, biroq ularning amaliy qo‘llanilishida ayrim tizimli muammolar saqlanib qolayotgani asoslandi. Xususan, “ekologik xarakter” va “oqilona foydalanish” tushunchalarining milliy qonunchilikda aniq mezonlar bilan mustahkamlanmagani aniqlanadi. Shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar instituti hamda suv va ekologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida yetarli darajada integratsiya va muvofiqlashtirish ta’minlanmagani ko‘rsatib beriladi. Monitoring va boshqaruv mexanizmlarining samaradorligi institutsional va metodologik cheklovlar bilan izohlanadi. Muallif tomonidan “oqilona foydalanish” tushunchasining ekologik yaxlitlik, barqaror yuklama, ehtiyotkorlik prinsipi, adaptiv boshqaruv hamda sektorlararo muvofiqlashtirish mezonlari asosida normativ talqini taklif etiladi. Mazkur yondashuv indikatorlar tizimi, boshqaruv rejimi va huquqiy oqibatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash orqali Konvensiya talablarini samarali institutsionallashtirish zaruratini asoslaydi.
Библиографические ссылки
Ramsar Convention Secretariat. (2002). Resolution VIII.14: New guidelines for management planning for Ramsar sites and other wetlands. Ramsar COP8. https://www.ramsar.org
Ramsar Convention Secretariat. (2020). National Report to COP14: Uzbekistan. https://www.ramsar.org
Ramsar Convention Secretariat. (n.d.). Country profile: Uzbekistan. https://www.ramsar.org/country-profile/uzbekistan
Ramsar Sites Information Service. (n.d.). Annotated list of Ramsar Sites: Uzbekistan. https://rsis.ramsar.org
Finlayson, C. M., & Davidson, N. C. (2018). The Ramsar Convention and ecosystem-based approaches to wetland management. Marine and Freshwater Research, 69(6), 973–985. https://doi.org/10.1071/MF17040
Davidson, N. C. (2014). How much wetland has the world lost? Long-term and recent trends in global wetland area. Marine and Freshwater Research, 65(10), 934–941. https://doi.org/10.1071/MF14173
Matthews, G. V. T. (2013). The Ramsar Convention on Wetlands: Its history and development. Environmental Policy and Law, 43(3), 125–132.
Gardner, R. C., & Finlayson, C. M. (2018). Global wetland policy and the Ramsar Convention. Wetlands Ecology and Management, 26(4), 579–593. https://doi.org/10.1007/s11273-018-9598-1
Sand, P. H. (2016). The effectiveness of international environmental agreements: The case of wetlands. Review of European, Comparative & International Environmental Law, 25(3), 343–352. https://doi.org/10.1111/reel.12174
Ziganshina, D. R. (2015). International water law in Central Asia: Commitments, compliance and challenges. Water International, 40(1), 96–112. https://doi.org/10.1080/02508060.2014.985197
Tobirov O.Q. Yer yuzasidagi suvli-botqoq yerlarning geografik taqsimoti. “GEOGRAFIYA FANINING DOLZARB MASALALARI: IQLIM OʻZGARISHI, HUDUDIY RIVOJLANISH VA TAʼLIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 23-24 MAY, 2025. https://doi.org/10.5281/zenodo.15633274
Ramsar Sites Information Service. (n.d.). Annotated list of Ramsar Sites: Uzbekistan. https://rsis.ramsar.org
O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023. https://lex.uz
O ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bazasi. https://lex.uz
Australian Government. (2016). Australian Ramsar management principles and management planning requirements. Department of the Environment and Energy. https://www.dcceew.gov.au/water/wetlands/ramsar
Department of Climate Change, Energy, the Environment and Water. (2025). Ramsar wetlands of international importance: National framework and reporting obligations. Australian Government. https://www.dcceew.gov.au
Indian Wetlands. (n.d.). National framework for Ramsar site management in India. Ministry of Environment, Forest and Climate Change. https://indianwetlands.in