Abstrakt
ranschegaraviy chuchuk suv resurslarining boshqaruvi global xavfsizlik, ekologik barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi sifatida ilmiy hamjamiyat va siyosiy doiralarda tobora ko‘proq eʼtibor qaratilayotgan masaladir. Iqlim o‘zgarishi, demografik dinamikalar va antropogen bosim natijasida yuzaga kelayotgan suv tanqisligi xalqaro miqyosda nizolar xavfini kuchaytirib, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Mazkur maqolada transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishda davlatlararo hamkorlikning huquqiy asoslari, suv diplomatiyasi konsepsiyasi va mintaqaviy integratsiya mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Muallifning ilmiy qarashlariga ko‘ra, transchegaraviy suvlar faqat tabiiy resurs emas, balki davlatlaro hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish hamda xavfsizlik arxitekturasini mustahkamlashning strategik omili sifatida qaralishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, maqolada xalqaro huquq tamoyillari adolatli va oqilona foydalanish, zarar yetkazmaslik, axborot almashish va manfaatdor tomonlarning teng ishtiroki global suv siyosatini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari transchegaraviy suv siyosatida huquqiy mexanizmlar, siyosiy iroda va ilmiy asoslangan boshqaruvning uyg‘unligi mintaqaviy xavfsizlik, barqaror rivojlanish va iqtisodiy integratsiyani taʼminlashning muhim sharti ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, suv diplomatiyasi nizolarni oldini olish va uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirishda innovatsion yondashuv sifatida talqin etiladi.
Библиографические ссылки
Worldometer. (n.d.). Current world population. https://www.worldometers.info/world-population.
Versieux, B. H., & Bahia, G. S. (2023, March 23). International conventions on water. Mundorama. https://medium.com/mundorama/international-conventions-on-water-83f80e87376e
Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha Konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida, PQ-683. LexUZ. https://lex.uz/docs/-1331404
United Nations. (1997). Convention on the Law of the Non-navigational Uses of International Watercourses. https://legal.un.org/ilc/texts/instruments/english/conventions/8_3_1997.pdf
Keskinen M., et al. (2021). Water Diplomacy Paths – An Approach to Recognise Water Diplomacy Actions in Shared Waters. Journal of Hydrology, Vol. 602, 126759. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0022169421007873#bi005
Krzymowski, A. (2021). Water diplomacy and its strategic significance for Sustainable Development Goals and global security architecture. Sustainability, 13 (24), 13898. https://doi.org/10.3390/su132413898
Raimova, M. (2025, 8 aprel). Укрепление регионального партнёрства: Узбекистан, Таджикистан и Кыргызстан заключили Договор о точке стыка государственных границ. Yuz.uz. https://yuz.uz/ru/news/ukreplenie-regionalnogo-partnyorstva-uzbekistan-tadjikistan-i-krgzstan-zaklyuchili-dogovor-o-tochke-stka-gosudarstvennx-granits
O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani (Dushanbe, 2024-yil 18-aprel) ratifikatsiya qilish haqida [Qonun]. LexUZ. https://lex.uz/docs/-7378957
McCaffrey, S. C. (2007). The Law of International Watercourses (2nd ed.). Oxford, UK: Oxford University Press.
Tanzi, A., & McIntyre, O. (Eds.). (2015). The UNECE Convention on the Protection and Use of Transboundary Watercourses and International Lakes: Its Contribution to International Water Cooperation. Leiden – Boston: Brill Nijhoff.
Paperet, G., & Vose, P. (2023). Enhancing agricultural water-saving technologies and their role in transboundary resource cooperation. Water Governance Journal, 15(2), 45–63.