Pdf

Kalit so‘zlar

hududiy adliya organlari, adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limi, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, huquq ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy ekspertiza, davlat xizmatlari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, huquqiy targ‘ibot, yuridik xizmatlar, notariat va advokatura, intellektual mulk, ijro intizomi, ma’muriy tartib-taomillar, odob-axloq qoidalari, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.

Как цитировать

MAMAZIYAYEV, X. (2025). HUDUDIY ADLIYA ORGANLARI FAOLIYATINING NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 8(6), 32–40. Retrieved from https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1158

Abstrakt

Ushbu maqolada hududiy adliya organlarining huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o‘rni, ularning nazariy hamda tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. PQ–3666-son qarori asosida hududiy bo‘linmalarning mustaqil davlat boshqaruvi organi sifatidagi maqomi, mahalliy hokimiyat qarorlarining adliya organlari ijobiy xulosasisiz kuchga kirmasligi talabi hamda huquq ijodkorligi ustidan markazlashgan nazorat mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, 2024–2025-yillardagi institutsional yangilanishlar doirasida kadrlar salohiyatini oshirish, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi siyosat talablari, yuridik xizmatlar sifati, shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish, “Yagona portal” orqali huquqiy xizmatlar ko‘rsatish hamda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha hududiy organlarning amaliy vazifalari batafsil tahlil etilib, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikdagi roli ochib beriladi. Shu bilan birga, maqolada hududiy adliya organlari faoliyati xalqaro standartlar, ilg‘or xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot bilan solishtirma tahlil qilinib, mavjud muammolar, institutsional bo‘shliqlar va modernizatsiya ehtiyojlari aniqlanadi. Tizimli ilmiy tahlil natijasida ularning vakolatlari, boshqaruv modeli, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda jamiyat bilan o‘zaro muloqot mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Pdf

Библиографические ссылки

“100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin.” — Shavkat Mirziyoyev. “Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davom etmoqda”. Toshkent: O‘zA, 20-noyabr 2024-yil. // https://uza.uz/posts/659125.

Kelsen, Hans. Pure Theory of Law. University of California Press, 1967. //https://scholarship.law.stjohns.edu/cgi/ viewcontent.cgi?params=/context/tcl/article/2087/&path_info=03._Kelsen_s_Pure_Theory_of_Law.pdf

Raz, Joseph. “The Rule of Law and Its Virtue.” The Law Quarterly Review, vol. 93, 1977, pp. 195–211. // https:// www.tang-prize.org/upload_file/download/download_5e2057b1d4cb038df8d39d906371a226.pdf.

Duverger, Maurice. The Idea of Politics: The Uses of Power in Society. Methuen & Co., 1972. // https://archive. org/details/ideaofpolitics0000duve/page/n263/mode/2up.

Dicey A.V. Introduction to the Study of the Law of the Constitution. London: Macmillan, 1959. // https://archive.

org/details/introductiontost0000unse_r6a8/page/n13/mode/2up?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. (2021, 18-noyabr). Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida (ro‘yxat raqami 3333). // https://lex.uz/docs/-5735507

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari to‘g‘risida Nizom, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 12-iyuldagi 147-um-son buyrug‘i — “Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”. (3-ilova, 1-bob 2-band.) // https://jizzax.adliya.uz/uz/ob-upravlenii/zadachi-funktsii-i-prava/

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 12-iyuldagi 147-um-son buyrug‘i — “Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”. (11-ilova, 2-bob 8-band). // https://toshkent.adliya.uz/uz/ob-upravlenii/zadachi-funktsii-i-prava/

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 12-iyuldagi 147-um-son buyrug‘i — “Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”. (11-ilova, 6-bob 16-band). // https://toshkent.adliya.uz/uz/ob-upravlenii/zadachi-funktsii-i-prava/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagiPQ–3666-sonli qarori — “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. // https://lex.uz/docs/-3681790

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 28-dekabrdagi 252-um-son “Adliya organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida”gi nizomi.https: // andijon.adliya.uz/upload/252-um-son%20Odob%20axloq%20qoidalari.pdf?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni — “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” // https://lex.uz/docs/-7437170

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-sonli qarori — “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (5-bob 24-band). // https://lex.uz/docs/-3681790

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qarori — “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”. // https://lex.uz/docs/-7437170

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yil tahriri) // https://lex.uz/docs/-6445145

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti // https://adliya.uz/