Pdf

Kalit so‘zlar

yuridik xizmat, vositalar, huquqiy vositalar, mexanizmlar, huquq normalari, shartnomaviy masalalar, huquqni himoya qilish vositalari, hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, huquqiy monitoring, qonuniylik.

Как цитировать

FAYZIYEV, X. (2025). YURIDIK XIZMAT FAOLIYATIDA HUQUQIY VOSITALARNING AHAMIYATI. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 8(6), 19–24. Retrieved from https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1156

Abstrakt

Ushbu maqolada tashkilotlar yuridik xizmatining faoliyatida huquqiy vositalarning mohiyati, ularning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi o‘rni va samaradorlikni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Huquqiy vositalar davlat va jamiyat hayotida huquqiy tartibotni qaror toptirishning muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ular orqali tashkilot faoliyati qonuniylik tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yiladi, huquqbuzarliklarning oldi olinadi va boshqaruv jarayonlarida mas’uliyat hamda tartib mustahkamlanadi. Sohaviy faoliyatdagi huquqiy vositalarning turlari — huquq normalari, huquqiy hujjatlar, shartnomaviy munosabatlar, huquqiy javobgarlik, huquqiy ma’lumot va huquqiy xulosalar tizimi orqali ochib berilgan. Shu bilan birga, huquqiy vositalarning tuzilishi, ulardan foydalanish bosqichlari hamda yuridik xizmatning ichki va tashqi faoliyat yo‘nalishlarida ularning amaliy qo‘llanilishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, ulardagi huquqiy vositalarning amaliy ahamiyati va qo‘llanish imkoniyatlari aniqlangani holda, muallif tomonidan huquqiy vositalardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan tashkiliy va huquqiy choratadbirlar bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yuridik xizmat faoliyatidagi huquqiy vositalar masalasi aynan shunday kontekstda ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilmaganligi sababli, maqolada “huquqiy vositalar” atamasini anglab olish barobarida, sohada ularni qo‘llashning xususiyatlari va ahamiyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar asosida ayrim xulosalarga kelingan.

Pdf

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 2-martdagi 118-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari to‘plami, 1993 y., №3, 8-mod., (hujjat kuchini yo‘qotgan, 24.08.2007 y.), https://lex. uz/uz/docs/-619648; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 182-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 35-36-son, 355-modda; 2012 y., № 37, 429-mod.; 2013 y., № 50, 650-mod.; 2015 y., №23, 302-mod., (hujjat kuchini yo‘qotgan, 10.05.2017 y.), //lex.uz/ru/docs/1240679; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi “Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 244-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 46-47-son, 472-mod.; http://lex.uz/ru/docs/ 1274006.;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi

PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // https://lex. uz/uz/docs/-3098964http;O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 18-son, 323-mod.; Qonun hujjatlari milliy bazasi, 14.02.2018 y., №09/18/107/0697, http://lex.uz/ru/docs/3189363.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi PQ-5168-son qarori, https://lex.uz/uz/docs/5482934.

Алексеев С. С. Правовые средства: постановка проблемы, понятие, классификaция // Советское государство и право. 1987. № 6. С. 14.

Лапшинов Э.В. Понятие правовых средств в правовой традиции // https://cyberleninka.ru/article/n/ponyatiepravovyh-sredstv-v-pravovoy-traditsii.

Цветков Э.В., Филиппова С.Ю. Организaция правой работы. – Москва: Проспект. 2014. – С.53.

Червонюк В.И.Теория государства и права: Учебник. – М.,2007. – С 322

O‘zbek tilining izohli lug‘ati:-T.:”O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2006. B.468.

Saidmuradov N.N. Prokuror talabi va uning o‘ziga xos jihatlari// https://doi.org/10.5281/zenodo.15421090

Komilov.A.B. Prokuror huquqiy vositalarining milliy huquqiy asoslari tahlili // http://dx.doi.org/10.26739/2181-

-2025-1.

Saydullayev Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi: Darslik. –Toshkent: TDYUU, 2021. –B 218.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2017-yildagi PQ-2733-son qarori, https://lex.uz/uz/docs/-3098964