Abstrakt
Mazkur maqolada jinoyat protsessida sud eksperti xulosasining dalil sifatidagi protsessual mohiyati, uni baholash mezonlari va amaliyotda yuzaga kelayotgan nazariy-huquqiy muammolar kompleks tahlil qilinadi. Maqolada ekspert xulosasining ilmiy asoslanganligi, ishonchliligi, maqbulligi hamda boshqa dalillar bilan o‘zaro muvofiqligi uning isbotlash jarayonidagi ahamiyatini belgilaydigan asosiy omillar sifatida yoritiladi. Muallif amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikda ekspert xulosasini baholashga doir maxsus va differensial tartib yetarlicha mustahkamlanmaganini asoslab, bu holat huquqni qo‘llash amaliyotida turlicha yondashuvlarga sabab bo‘lishini ta’kidlaydi. Maqolada protsessual talablarga rioya etish, ekspertning vakolati va xolisligini aniqlash, tadqiqot obyektlari hamda qiyosiy namunalarning haqiqiyligi, qo‘llanilgan metodikalarning ilmiy ishonchliligi, xulosaning mantiqiy izchilligi va tushunarliligi alohida mezonlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari xulosalarini baholashda yagona normativ-metodik yondashuvni shakllantirish zarurati asoslanadi. Xulosa qismida taklif etilgan mezonlarni amaliyotga joriy etish dalillarni baholash samaradorligini oshirish, protsessual xatolarning oldini olish va odil sudlov sifatini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etiladi. Maqolada jinoyat ishlarida maxsus bilimlardan foydalanishning protsessual kafolatlarini kuchaytirish, ekspert xulosasining daliliy qiymatini xolis baholash va sud-tergov faoliyatida yagona standartlarni qaror toptirishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir hamda nazariy jihatdan muhim sanaladi.
Библиографические ссылки
Bazarova D., Astanov I.R. Kriminalistika va ekspertiza: darslik. Toshkent: TDYU, 2020. 618 b. Elektron kutubxona:
https://proacademy.uz/uz-lat/e-library/index?alias=478.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — Lex.uz. URL:
Barakayev L.O. Jinoyat ishlarini yuritishda maxsus iqtisodiy bilimlardan foydalanishning nazariy-huquqiy va
amaliy muammolari: yurid. fan. dokt. (DSc) diss. avtoref. Toshkent, 2025. ProAcademy avtoreferatlar bazasi: https://
proacademy.uz/ru/menu/avtoreferat.
Raxmankulov A.X., Mirazov D.M. Dastlabki tergov: darslik. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
455 b. Elektron manba: https://www.yumpu.com/id/document/view/49837747/dastlabki-tergov-raxmankulovax-mirazov-dm-darslik.
Кудрявцев Ю.С. Об оценке экспертного заключения // Судебная власть и уголовный процесс. 2018. № 3. С.
–106. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ob-otsenke-ekspertnogo-zaklyucheniya.
“Ekspertni chalg‘itgan dalil nohaq jazo tayinlanishiga sabab bo‘ldi.” O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy sayti
— Sud.uz. URL: https://sud.uz/news-2025-03-26-1
Россинская Е.Р., Галяшина Е.И. Настольная книга судьи: судебная экспертиза. Москва: Проспект, 2010. 464 с.
O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — Lex.uz.
URL: https://lex.uz/docs/-1633102.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. https://www.lex.uz/uz/docs/-6388692.
Federal Rules of Evidence. Rule 702. Testimony by Expert Witnesses. Legal Information Institute, Cornell Law
School. URL: https://www.law.cornell.edu/rules/fre/rule_702
Хомутов С.В. О некоторых особенностях оценки заключения эксперта следователем и судом // ЮристъПравовед. 2018. № 4(87). С. 183–188. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-nekotoryh-osobennostyah-otsenkizaklyucheniya-eksperta-sledovatelem-i-sudom.
Челыщева О.В., Борсов А.И. К вопросу об оценке заключения судебной экспертизы // Актуальные
проблемы науки и практики: гатчинские чтения – 2019: сборник научных трудов. 2019. URL: https://lawinfo.ru/
articles/2690/osobennosti-ocenki-sudebno-ekspertnogo-zaklyuceniya-na-primere-avtoekspertizy.