Pdf
DOI

Kalit so‘zlar

tergov, ichki ishlar organlari, mahalla, fuqarolar yig‘ini, jinoyat protsessi, hamkorlik, huquqiy asoslar, protsessual faoliyat.

Как цитировать

SUVANKULOV, M. (2026). ICHKI ISHLAR TERGOV BO‘LINMALARINING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(3), 120–126. Retrieved from https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1237

Abstrakt

Maqolada ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslari va uni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, tergov samaradorligini oshirish hamda jamoatchilik ishtirokini ta’minlashda mahalla organlarining o‘rni yoritilgan. Muallif Jinoyat-protsessual kodeksi hamda sohaviy qonunlar asosida surishtiruvchi va tergovchilarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan chaqiruv qog‘ozlarini yetkazish, tintuv va olib qo‘yish, mol-mulkni xatlash, “jamoa kafilligi”ni qo‘llash va jinoyat sabablarini bartaraf etish kabi jarayonlardagi hamkorligini tahlil qilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda – JPK deb yuritiladi) doirasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining protsessual maqomiga birinchi marta tizimli tahlil o‘tkazilgan, tergov bo‘linmalari bilan hamkorlikning olti yo‘nalishida huquqiy bo‘shliqlar aniqlanib, JPK 97, 139, 160 va 252-moddalariga kiritilishi lozim bo‘lgan aniq o‘zgartirish va qo‘shimchalar taklif etilgan hamda qiyosiy-huquqiy tahlil metodologiyasini qo‘llagan holda Germaniya, Yaponiya va Rossiya Federatsiyasi amaliyoti o‘rganilgan. Maqolada amaldagi qonunchilikda mazkur hamkorlikning ayrim jihatlari to‘liq va aniq tartibga solinmagani, bu esa huquqni qo‘llash amaliyotida muammolar keltirib chiqarayotgani qayd etilgan. Xorijiy davlatlar qonunchiligi va amaliyotidagi ilg‘or yondashuvlar tahlil qilinib, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish imkoniyatlari asoslangan. Ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Pdf
DOI

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahriri). 30.04.2023 y. // URL: https://lex.uz/docs/6445145

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. 22.09.1994 y. // URL: https://lex.uz/docs/111460.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni

// URL: https://lex.uz/ru/docs/3027843.

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi

O‘RQ-350-son Qonuni // URL: https://lex.uz/acts/2156899.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 371-son Qonuni

// URL: https://www.lex.uz/ru/docs/2387357.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning

sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-

son Qarori // URL: https://lex.uz/uz/docs/5623688.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi “Xatlangan va olib qo’yilgan mol-mulkni

saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risida”gi 132-son Qarori.

Mirazov D. Jinoyat protsessual huquq. Darslik. – T.: IIV Akademiyasi, 2019. – 732 b.

Saidov A.X. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat nazariyasi masalalari. O‘quv qo‘llanma. – T., 2025. – 137 b.

Головко Л.В. Курс уголовного процесса. – Москва: Статут, 2025. – С. 231.

Смирнов А.В., Калиновский К.Б. Уголовный процесс. Учебник. – Санкт-Петербург: Питер, 2024. – С. 239.

Trojanowicz R., Bucqueroux B. Community Policing: A Contemporary Perspective. – Cincinnati: Anderson

Publishing, 1990. – 420 p.

Polizeigesetz des Landes Nordrhein-Westfalen (PolG NRW) vom 25. Juli 2003. // URL: https://recht.nrw.de.

Keisatsu-hou (Закон о полиции Японии), 1954 г. // National Police Agency of Japan. // URL: https://www.npa.

go.jp.

Федеральный закон Российской Федерации «Об основах системы профилактики правонарушений» от

06.2016 № 182-FZ. // URL: https://www.consultant.ru.