Pdf

Kalit so‘zlar

vasiylik va homiylik instituti, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, bolalar huquqlari himoyasi, bola manfaatlari ustuvorligi, voyaga yetmaganlarning mulkiy huquqlari, ijtimoiy himoya tizimi, fuqarolik-huquqiy tartibga solish, vasiy va homiy tayinlash mezonlari, huquqiy mexanizmlar, davlat kafolatlari, mulk huquqi va mulkiy huquqlar, yetim bolalarni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy bo‘shliqlar, qonunchilikni takomillashtirish.

Как цитировать

DADABOYEVA , J. (2026). OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARGA VASIY VA HOMIY TAYINLASHDA QO‘LLANILADIGAN MЕZONLAR. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(2), 50–57. Retrieved from https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1199

Abstrakt

Ushbu maqolada ota–ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga vasiy va homiy tayinlashda qo‘llaniladigan huquqiy mezonlar kompleks tarzda tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi – vasiylik va homiylik institutini takomillashtirish, ushbu jarayonda bolaning manfaatlari ustuvorligini ta’minlash hamda amaldagi qonunchilikdagi mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.
Maqolada milliy qonunchilik normalari, ilmiy yondashuvlar va huquqni qo‘llash amaliyoti asosida vasiy va homiy tayinlash mezonlarining mazmuni ochib berilgan. Shu bilan birga, voyaga yetmagan shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, ularni amalga oshirishdagi huquqiy bo‘shliqlar hamda amaliy muammolar tahlil qilingan.
Maqolada vasiylik va homiylik munosabatlarida mol-mulkni boshqarish tartibini aniq huquqiy tartibga solish zarurligi asoslab berildi hamda fuqarolik qonunchiligiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etildi.
Shuningdek, maqolada ota–ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mulkiy huquqlari tizimli ravishda tasniflanib, ularni tasarruf etilishi mumkin bo‘lgan va shaxs bilan chambarchas bog‘liq huquqlar sifatida ajratish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, vasiy va homiy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan aniq huquqiy takliflar ilgari surilgan.

Pdf

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/8834

Amonov Z. Mulkiy huquqlar fuqarolik huquqining obyekti sifatida. Yurid.fan nomz.diss... T.: TDYUI, 2010, 10, 38 betlar.

Зубков С.Б. Проблемы правового регулирования имущественных прав несовершеннолетних // Закон и право. – 2007. – № 10. – С. 71.

Серебрякова А.А. Защита имущественных прав детей. Историческая и социально–образовательная мысль. Toм 9 №2/1, 2017. С.109.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim va ota–ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab–quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025 y., 09/25/294/0419–son.

Inamdjanova G.S. Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va ularni muhofaza qilish // Davlat va huquq jurnali. – 2001. – №3. – B. 14–16.

Ashurova N. Voyaga yetmaganlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki. Yurid.fan nomz.diss...avtoref. –T.: TDYUI, 2008. 11-b.

Matkurbanov R.J.Fuqarolik huquqida fuqarolar (jismoniy shaxslar) huquq subyektligining muammolari. T.: TDYUI, yurid.fan.dokt.diss...avtoref. 2008. 33-b.

Sharaxmetova U. Oilaviy huquqlarini amalga oshirishni takomillashtirish. Monografiya. 2025. 148-b.

Muminov A.R., Tillabayev M.A., Yuldasheva G. Bola huquqlari: darslik / mas’ul muharrir A.X. Saidov. – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2019. – 410 b.

O‘zbekiston Respublikasining demografik holati // www. Stat.uz. Demografik holat.