Abstrakt
Maqolada “siniq oynalar” nazariyasi jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muhim kriminologik konsepsiyalardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. J. Uilson va J. Kelling tomonidan shakllantirilgan ushbu yondashuv mayda huquqbuzarliklarga, tartibsizlik belgilariga hamda ijtimoiy dezorganizatsiya holatlariga befarq munosabat asta-sekin ruxsat etilganlik muhitini yuzaga keltirishi va shu orqali yanada xavfli jinoyatlar sodir etilishi uchun shart-sharoit yaratishi mumkin, degan g‘oyaga asoslanadi.Tadqiqot doirasida mazkur konsepsiyani qo‘llashning xorijiy modellari tahlil qilinadi, shuningdek, milliy huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlarini inobatga olgan holda, uni O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholanadi. Kriminologiya va jamoat xavfsizligi sohasidagi zamonaviy institutsional islohotlarga, jumladan, jinoyatchilik profilaktikasiga oid ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tuzilmalarining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasining rasmiy statistik hamda tahliliy materiallari tahlili shuni ko‘rsatadiki, shahar muhitini obodonlashtirish, jamoat tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, mayda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda ijtimoiy dezorganizatsiya omillarini bartaraf etishga qaratilgan choralar sezilarli profilaktik ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan “siniq oynalar” nazariyasini repressiv nazoratning universal modeli sifatida emas, balki O‘zbekistonda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan kompleks, manzilli va ijtimoiy yo‘naltirilgan tizimni shakllantirishning metodologik asosi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Библиографические ссылки
Wilson, J. Q., & Kelling, G. L. (1982). Broken Windows. The Atlantic Monthly, 249(3), 29-38. https://www.
theatlantic.com/magazine/archive/1982/03/broken-windows/304465/
Bratton, W., & Kelling, G. (1998). Fixing Broken Windows: Restoring Order and Reducing Crime in Our Communities.
Simon and Schuster. https://archive.org/details/fixingbrokenwind0000kell
Braga, A. A., Welsh, B. C., & Schnell, C. (2024). Disorder policing to reduce crime: An updated systematic review
and meta-analysis. Criminology & Public Policy. https://onlinelibrary.wiley.com/doi/full/10.1111/1745-9133.12667
Harcourt, B. E. (1998). Reflecting on the Subject: A Critique of the Social Influence Conception of Deterrence,
the Broken Windows Theory, and Order-Maintenance Policing New York Style. Michigan Law Review, 97, 291. https://
repository.law.umich.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=3724&context=mlr
Braga, A. A., Welsh, B. C., & Schnell, C. (2015). Can policing disorder reduce crime? A systematic review and
meta-analysis. Journal of Research in Crime and Delinquency, 52(4), 567-588. https://petermoskos.com/files/BW/
Braga_2015_policing_disorder_reduces_crime.pdf
Sampson, R. J., & Raudenbush, S. W. (1999). Systematic Social Observation of Public Spaces: A New Look at
Disorder in Urban Neighborhoods. American Journal of Sociology, 105(3), 603-651. https://www.journals.uchicago.edu/
doi/epdf/10.1086/210356
Уровень преступности в Узбекистане за 2024 год вырос на 25,8%, за пять лет — в 2 раза. https://www.gazeta.
uz/ru/2025/03/03/crime-stats-uzbekistan-2024/
Ichki ishlar Bosh boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi qabuli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
ma’muriy binosida o‘tkazildi https://iibb.uz/public/uz/news/%C2%ABhavfsiz-va-solom-pojtah
Уровень преступности в Узбекистане за 2024 год вырос на 25,8%, за пять лет – в 2 раза. https://www.gazeta.
uz/ru/2025/03/03/crime-stats-uzbekistan-2024/
Преступность растет. В МВД раскритиковали идею об отключении уличного освещения https://24.kg/
obschestvo/210833_prestupnost_rastet_vnbspmvd_raskritikovali_ideyu_obnbspotklyuchenii_ulichnogo_osvescheniya
В Ферганской области за гражданами начали «следить» на улицах https://upl.uz/obshestvo/43974-news.
html
Безопасная среда в махаллях Ташкента: изучается исполнение постановления Президента https://gov.uz/
ru/iiv/news/view/35328
Fazilov, F.M., Abulxayrov, R.I. Toshkent shahar Yashnobod tumanida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish va
uning barvaqt oldini olish bo‘yicha hudud metodikasi [Matn]: ilmiy-amaliy metodika / Fazilov F. – T.: TDYUU nashriyoti, 2026. – 96 b.
