Pdf

Kalit so‘zlar

contract, obligation, debtor, creditor, liability, penalty, fine, late fee, creditor, debtor, compensation, unfulfilled obligation, breached obligation, damage, damage compensation, no-fault liability, monetary obligation, risk, property loss.

Как цитировать

ODINAYEV , A. (2026). MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIKNI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(2), 41–49. Retrieved from https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1198

Abstrakt

Maqolada majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llashda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar, fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasiga nisbatan ilmiy yondashuvlar tahlil qilingan.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikda aybning ahamiyati aniq belgilanishi kerakligi, xususan, obyektiv javobgarlik (aybdan qat’i nazar) va subyektiv javobgarlik (aybga asoslangan) holatlarini huquqiy normalarda aniq ajratish, zararni hisoblashning yagona metodologiyasini ishlab chiqish, real ijroni asosiy chora sifatida belgilash lozimligi haqida fikr yuritilgan.
Jahon sivilistikasidagi majburiyatlarni buzganlik uchun “aybga asoslangan javobgarlik nazariyasi (fault-based liability)” “aybsiz javobgarlik (strict liability)” va boshqa nazariyalar, modellar va doktrinalar tahlil qilinib, majburiyatlarni buzganlik uchun qo‘llaniladigan javobgarlik choralarini optimallashtirish, ommaviy-huquqiy va xususiy-huquqiy javobgarlikni qo‘llashda uyg‘unlikni ta’minlash, fuqarolik huquqini ijtimoiylashuvidan kelib chiqib javobgarlikni cheklash tendensiyalari yoritilgan.
Shuningdek, majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik ifodalanishining o‘ziga xos jihatlari, rivojlanish genezisi, fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llashni tartibga soluvchi milliy va xalqaro huquq normalari yoritilgan.
Xususan, fuqarolik-huquqiy javobgarlikka yangi tavsif va ta’rif berilgan, fuqarolik-huquqiy javobgarlikning ikki asosiy funksiyasini – reparativ (zararni qoplash) va preventiv-tarbiyaviy funksiyalarini birlashtirish taklif etilgan, javobgarlik asosi sifatida aybga nisbatan yondashuvni o‘zgartirish lozimligi taklif etilgan.
Shu bilan birga, majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llashga oid ilmiy-nazariy xulosalar, qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotining takomillashtirish, eng asosiysi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga yangi moddalar kiritish borasida takliflar berilgan.

Pdf

Библиографические ссылки

Исследование: самые крупные корпоративные штрафы в 2024 году на данный момент // https://binarki-opciony.com/novosti/post/samye-krupnye-korporativnye-shtrafy.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 22-iyuldagi 07-13/25-25245-sonli xati asosida olingan ma’lumotdan.

https://www.icj.org/wp-content; https://nonews.co/directory/wordbook/sheffen-court; https://www.icc-cpi.int; https://www.mjusticia.gob.es; www.jstor.org; https://www.sweetandmaxwell.co.uk; https://www.academia.edu; https://www.taylorfrancis.com; https://www.cambridge.org; https://clcjbooks.rutgers.edu; https://academic.oup.com; https://www.law.virginia.edu; https://ink.library.smu.edu.sg; https://www.researchgate.net.

Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism / Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2017. –251 b.

G‘ulov A. Fuqarolik huquqi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Navro‘z, 2019. – 15 b.

Babaev J.I. Iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplashni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: yurid. fan. dok. dis. ... – Toshkent: 2021. – 26 b.

G‘aybullaev A.I. Avtotransport vositalari bilan yetkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik muammolari: yurid. fan. nomz. dis. ... – Toshkent: 2012. – 81 b.

Гражданское право: учебник: в 2 т. / отв. ред. проф. Е.А. Суханов. 2-е изд., перераб. и доп. М.: БЕК, 2015. Т. 1. С. 431.

Гражданское право. Част первая: учебник / под ред. А.Г. Калпина, А.И. Масляева. 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Юристъ, 2010. – С. 503.

Гражданское право: учебник / под ред. А.П. Сергеева, Ю.К. Толстого. 4-е изд., перераб. И доп. М.: ПБОЮЛ Л.В. Рожников, 2010. Т. 1. – С. 533.

Мартемянов В.С. Хозяйственное право. – М., 2004. Т. 1. С. 249.

Babaev J.I. Chakana oldi-sotdi munosabatlarda javobgarlik sub’ektlarini aniqlash masalalari // Huquq va burch. 2021. – №5. – B. 24–29.

Кархалев Н.Д. Санкции в гражданском праве // Вестник Уфимского юридического института МВД России 2013. – № 2.

Проблемы ответственности в Гражданском праве: Уч. пособие / Л.Ф. Нетишинская. - Краснодар, 2020. – 88 с.

Баратов М.Х. Некоторые аспекты гражданско-правовой ответственности государства // Вестник Юридического факултета Южного федералного университета. 2019. Т. 6. – № 4. – С. 98-103.

Xalqaro tovar sotish shartnomalari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi. https://lex.uz/acts/2634626.

Международный институт унификatsiи частного права, сокращённо УНИДРУА (фр. UNIDROIT); Источник – https://ru.wikipedia.org

https://www.uaipit.com/uploads/legislacion/files/1415358888_5EN_Principles_of_European_Contract_Law_parts_I_and_II_31_07_1998.pdf