Abstrakt
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar faoliyatining shakllanishi, huquqiy asoslari hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks va tizimli tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda ma’muriy sudlov institutining evolyutsiyasi davlat mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va sud amaliyotida shakllangan tendensiyalar asosida yoritilgan. Muallif tomonidan ma’muriy sudlov rivoji uch bosqichga ajratilib, har bir bosqichning o‘ziga xos institutsional, protsessual va funksional xususiyatlari ochib berilgan. Ayniqsa, ma’muriy sudlarning alohida sud turi sifatida tashkil etilishi fuqarolar va yuridik shaxslarni davlat boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligidan himoya qilishda muhim huquqiy kafolat sifatida baholangan. Shuningdek, maqolada ma’muriy sud ishlarini yuritishning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish, sud qarorlari ijrosini ta’minlash, sud jarayonida taraflarning tengligi va tortishuvchanlik prinsiplarini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ma’muriy sudlov institutining inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, shuningdek, davlat va fuqaro o‘rtasidagi ommaviy-huquqiy munosabatlarda qonuniylikni ta’minlashdagi ahamiyati tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
Eshimbetov M. Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari, harakatsizligi yuzasidan
kelib chiqdigan nizolarni sudda ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish. Yu.f.f.d. doktorlik dissertatsiyasi. - T. TDYU. 13
bet.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4580-son Farmoni //
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 43-son, 497-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021 y.,
/21/6217/0409-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4966-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 23.08.2025 y., 06/25/140/0771-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6034-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 23.08.2025 y., 06/25/140/0771-son.
Eshimbetov M. Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari, harakatsizligi yuzasidan kelib chiqdigan nizolarni sudda ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish. Yu.f.f.d. doktorlik dissertatsiyasi. - T. TDYU. 13 bet.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvarda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-107-son qaror // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 07/22/107/0083-son.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-833-son Qonuni // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-833-son Qonuni // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-son qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 30.01.2025 y., 07/25/33/0091-son.