Abstrakt
Maqolada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslarining nazariy tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari, bu borada tadqiqotchi olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy-nazariy qarashlar yoritilgan. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslarining nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan, bu borada olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilingan. Shuningdek, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslarini takomillashtirish yuzasidan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Maqola mavzusi bugungi kunda dolzarb bo‘lgan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llash asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Mavzu yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar davomida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslarini belgilovchi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va tahlil qilish qilish asosida yangi ilmiy-nazariy qarashlar ilgari suriladi. Muallif mavzu yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituini qo‘llash asoslari yuzasidan ilmiy-nazariy sharhlarni bayon etgan hamda ushbu asoslarning turlarini kengaytirishni nazarda tutadigan takliflarni yoritgan. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslarini tushunishning huquqiy va ilmiy-nazariy jihatlari batafsil yoritilgan.
Библиографические ссылки
Sudlar faoliyati bo‘yicha statistik ko‘rsatgichlar. Rasmiy veb-sayt: stat.sud.uz.
Amirov Z.A. Huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy tarbiyanig roli. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi. – T., 2018. – 50 b.
Gary S. Becker. Crime and Punishment: An Economic Approach. University of Chicago and National Bureau of Economic Research. 1974. 55 pages., pg 9. Chapter URL: http://www.nber.org.
Ефремова И.А. Институт освобождения от наказания в теории уголовного право, законадательной и судебной практики. Дисертация на соискание ученой степени доктора юридических наук. – Саратов, 2018. – С.261.
Turgunboyev E.O. Jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish masalalari. Yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi. Toshkent davlat yuridik universiteti. – Toshkent, 2023. –B.112.
Российское уголовное право. Общая часть : учебник / под ред. Г. А. Есакова. – Москва: Проспект, 2019. –С.332.
Щерба Д.А. Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания: вопросы теории и практика: Диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. – Хабаровск, 2007. – С.21, 201.
Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti. – T.: “Complex Print”, 2018. – B.229.
M.X.Rustambayev. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. – Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. –B.746.
Тураханова Д.А. Вопросы образования в пенитенциарной системе (на примере мирового опыта). Современное образование/Современное образование, - 2020, 4 (89). -С.42.
Законы, кодексы и нормативно-правовые акты российской федерации. Уголовный кодекс Российской Федерации. https://legalacts.ru/kodeks/UK-RF
Национальный центр законодательства и правовой информации Республики Беларусь, 2003-2025. Источник: https://pravo.by/document.
Информационная система Континент. Уголовный кодекс Республики Молдова. https://continent-online.com.